WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 MayMayMay 2024 53 ko'rishlar

SPORT – SOG'LIK GAROVI ⚽️

Xalqaro hamkorlik boʻlimi tomonidan 2024-yil 19-aprel kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining xorijiy talabalari, akademik almashinuv dasturi boʻyicha kelgan xorijiy talabalar va mahalliy talabalar oʻrtasida futbol musobaqasi oʻtkazildi.

🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan talabalarlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ularni turli kasalliklaridan sport va sogʻlom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish, sport va jismoniy tarbiya talabalar oʻqish jaryonining bir boʻlagi sifatiga aylantirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini ta'minlashga koʻmaklashish maqsadida futbol oʻyini tashkil qilinib kelinmoqda.

➡️ Shu munosabat bilan Xalqaro hamkorlik boʻlimi tomonidan 2024-yil 19-aprel kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining xorijiy talabalari, akademik almashinuv dasturi boʻyicha kelgan xorijiy talabalar va mahalliy talabalar oʻrtasida futbol musobaqasi oʻtkazildi.

➡️ Talabalar jamoasi oʻzaro baxs olib bordilar. Aytish oʻrinliki mahalliy talabalar jamoasi barcha baxslarda oʻz mahoratlarini yanada namoyon qilishib, raqiblaridan anchayin ustun ekanliklarini isbotlashdi.

🏆 Oʻyin qizgʻin sur'atlarda davom etdi. Bir soatlik uyin davomida talabalar oʻzaro bir-biri bilan oʻrtoqlashdilar, fikr almashdilar va natijada "DOʻSTLIK" jamoasi gʻalaba qozondi.

Boshqa yangiliklar