UrDU va Germaniyaning Myunster universiteti o‘rtasidagi strategik hamkorlik kengaymoqda
Urganch davlat universiteti vakillari Germaniyaning Myunster universitetida bo‘lib, o‘zaro hamkorlikni 2028-yilgacha uzaytirish va ta’lim tajribasini o‘rganish masalalarini muhokama qildilar.
Joriy yilning 30-mart – 11-aprel kunlari Urganch davlat universiteti hamda Germaniyaning Myunster universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari doirasida Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov hamda dekan o‘rinbosari J.Kushmanov ushbu nufuzli oliygohda xizmat safarida bo‘ldilar.
Tashrif davomida Myunster universitetidagi ta’lim jarayonlari, raqamlashtirish tizimi, ilmiy tadqiqot faoliyati hamda Germanistika va Ingliz tili bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari u yerda tahsil olayotgan UrDU magistr va doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Muzokaralar natijasida “Erasmus+ K171” dasturi doirasidagi “Strategik hamkorlik” loyihasini 2028-yilgacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.