WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
11 AprelAprelAprel 2026 16 ko'rishlar

NamDTU va Malaya universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik rivojlanmoqda

NamDTU va Malaya universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik rivojlanmoqda

 

NamDTU va Malaya universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik rivojlanmoqda

Namangan davlat texnika universiteti delegatsiyasi Malayziyaning Malaya universitetiga tashrif buyurib, mazkur universitet bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam qo‘ydi.

Tashrif doirasida universitet vakillari Malaya universitetining Tabiiy fanlar fakulteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga NamDTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ilhomjon Abdurahmanov boshchilik qildi. Tashrifda, shuningdek, Fizika kafedrasi dotsenti Abdulaziz Abdukarimov hamda TMJ kafedrasi doktoranti Ahror Tursunov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:
raqamli transformatsiya
ilg‘or texnologiyalar transferi
qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari
akademik mobillikni kengaytirish
Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion ekotizimni rivojlantirish va global ilmiy makonga integratsiyalashuv masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur hamkorlik ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida uzoq muddatli strategik sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar