WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 MayMayMay 2026 19 ko'rishlar

🇺🇿🇰🇷 Namangan davlat texnika universitetida Koreya bilan strategik hamkorlik: Qirol Sejong markazi tashkil etiladi

🇺🇿🇰🇷 Namangan davlat texnika universitetida Koreya bilan strategik hamkorlik: Qirol Sejong markazi tashkil etiladi

Namangan davlat texnika universitetida Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Gyeongkuk National University delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xorijlik mehmonlarni universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ilxom Abduraxmanov boshchiligidagi jamoa kutib oldi.

Uchrashuv avvalida I.Abduraxmanov mehmonlarga Namangan davlat texnika universitetining faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy salohiyati, zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalari, xalqaro aloqalari, innovatsion ishlanmalari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, universitetda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi.

Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan:

👀professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
👀qo‘shma ilmiy-tadqiqot hamda amaliy loyihalarni amalga oshirish;
👀xalqaro simpozium, forum va seminarlarni tashkil etish;
👀NamDTU negizida Qirol Sejong markazini tashkil etish.

Taqdimot davomida markazning maqsadlari, vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari, ta’lim dasturlari, madaniy loyihalari hamda akademik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda Hyukjae Lee — universitet siyosati bo‘yicha vitse-prezident, Byung-Kyu Kim — qabul va hamkorlik bo‘limi dekani hamda Changbae Lim — Glocal markazi direktor o‘rinbosari ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, qo‘shma tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda xalqaro ta’lim loyihalarini rivojlantirish yuzasidan o‘zaro taklif va mulohazalar bildirdilar.

Boshqa yangiliklar