MIT World Peace University bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi
Hindistonning nufuzli MIT World Peace University bilan imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) doirasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Mazkur hamkorlik ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv va innovatsion loyihalarni rivojlantirishga xizmat qilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga zamin yaratmoqda.
MIT World Peace University bilan strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi
Navoiy innovatsiyalar universiteti xalqaro aloqalarni kengaytirish va zamonaviy ta’lim jarayonlarini jahon standartlariga moslashtirish yo‘lida navbatdagi muhim qadamni tashladi.
Hindistonning nufuzli MIT World Peace University bilan imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) doirasida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Endilikda universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari MIT huzurida Apple va iOS kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan Sun’iy intellekt (AI) va Axborot texnologiyalari (IT) markazlari, shuningdek zamonaviy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🔹 Kelishuv doirasida amalga oshiriladigan yo‘nalishlar:
• AI, IT va mobil dasturlash (iOS, Android) bo‘yicha qo‘shma amaliy mashg‘ulotlar;
• MIT universitetining ilg‘or ilmiy-tadqiqot tajribalaridan onlayn va oflayn foydalanish imkoniyati;
• Apple kompaniyasi bilan hamkorlikdagi laboratoriyalarda talabalar uchun startap va innovatsion g‘oyalarni amalda sinab ko‘rish imkoniyati.
Navoiy innovatsiyalar universiteti global ta’lim maydonida faol hamkorlikni davom ettiradi va talabalar uchun xalqaro darajadagi bilim hamda amaliyot imkoniyatlarini kengaytirishda izchil harakat qiladi.