Talabalik bahori
“Talabalik bahori – 2026”: Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti jamoasi festival sahnasida
Toshkent davlat transport universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Talabalik bahori – 2026” festivali qizg‘in davom etmoqda.
Festivalning navbatdagi kunida sahnaga Temir yo‘l transporti muhandisligi fakultetining eng iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoasi chiqadi. Jamoa tomonidan tayyorlangan maxsus ma’naviy-ma’rifiy va badiiy taqdimot hakamlar hay’ati hamda barcha ustoz va talabalar e’tiboriga havola etilishi kutilmoqda.
Fakultet jamoasining badiiy chiqishlari, yoshlarning yuksak ijodiy salohiyati va temiryo‘lchilar hayotining o‘ziga xos an’analarini aks ettiruvchi qiziqarli sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘lishi shubhasiz. Ushbu chiqishlar orqali bo‘lajak temir yo‘l muhandislari nafaqat o‘z sohalari bo‘yicha bilimli, balki san’at va madaniyat yo‘nalishida ham yuksak iste’dod sohibi ekanliklarini namoyish etadilar. Jamoaviy birdamlik va kreativ yechimlar bilan boyitilgan ushbu dastur tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlaydi.
“Talabalik bahori – 2026” festivali doirasida barcha fakultet jamoalari o‘z dasturlarini navbat bilan taqdim etib borishlari belgilangan. Tadbir yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar munosib taqdirlanadi.