TALABA YUTUG'I
TALABA YUTUG'I Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi Shahina Usmonova Notiqlik akademiyasi tomonidan "Ijtimoiy tarmoqlarda va institut faoliyatida o'zbek adabiyotini faol targ'ib etishdagi alohida jonbozligi uchun" yo'nalishi g'olibi bo'ldi.
TALABA YUTUG'I
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi Shahina Usmonova Notiqlik akademiyasi tomonidan "Ijtimoiy tarmoqlarda va institut faoliyatida o'zbek adabiyotini faol targ'ib etishdagi alohida jonbozligi uchun" yo'nalishi g'olibi bo'ldi.
Shahinaxon bu nominatsiyaga o'z muallifligidagi "Yuzma-yuz" nomli ijodiy kechada olib borayotgan faoliyati hamda talabalar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib etish bo'yicha amalga oshirgan tadbirlari uchun loyiq deb topildi.
Shu munosabat bilan Shahina Usmonova Notiqlik akademiyasi tomonidan maxsus sertifikat, 3 million so'm pul mukofoti va 50 ta kitoblar to'plami bilan taqdirlandi.
Shahina Usmonovaning ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!