WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
06 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 90 ko'rishlar

Talabalar milliy san’at durdonalari bilan tanishishdi

Qo‘qon davlat universiteti San’at va sport fakulteti talabalari Rishton tumanida joylashgan mashhur usta kulol Tohirjon Haydarovning uy muzeyiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif ichki turizmni rivojlantirish, yoshlarning milliy san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar ustaning ijodiy faoliyati, milliy kulolchilik san’atining o‘ziga xos jihatlari, naqsh berish va sir texnologiyasi bilan yaqindan tanishdilar.

Usta Tohirjon Haydarov o‘z ijodida xalqimizning boy tarixiy merosi, estetik didi va milliy qadriyatlarini mujassam etgan bo‘lib, yosh avlodni ijodkorlik va mehnatsevarlikka undab kelmoqda.

Bunday tashriflar talabalar tafakkurini boyitish, san’atga bo‘lgan mehrini mustahkamlash hamda milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylashga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar