WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 MayMayMay 2025 73 ko'rishlar

“Talabalar oqshomi”: bayramona kayfiyat va quvonchli lahzalar

Qoʻqon davlat universiteti talabalar turar joyida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli, maroqli va madaniy ruhda oʻtkazish maqsadida “Talabalar oqshomi” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir talabalar tomonidan katta qiziqish va yuqori kayfiyat bilan kutib olindi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar — Muhsinjon Moʻminov va Toʻlqinjon Haydarovlar, dotsent Eʼzozxon Qobilova tomonidan ijro etilgan raqsbop musiqalar va jonli kuy-qoʻshiqlar davraga oʻzgacha shukuh bagʻishladi, yoshlarga chinakam bayramona atmosfera ulashdi.

Musiqa va raqsga boy, iliq muhitda oʻtgan “Talabalar oqshomi” talabalarning ijodiy faolligini oshirish, ularning oʻzaro doʻstona aloqalarini mustahkamlashda muhim omil boʻldi.

Universitet rahbariyati tomonidan bunday tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilib, yoshlarning ijtimoiy-maʼnaviy hayotini yanada boyitishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
 

Boshqa yangiliklar