WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 DekabrDekabrDekabr 2024 37 ko'rishlar

QDPI talabalari O‘zbekiston kubogi g‘olibiga aylandi.

Joriy yilning 16-18-dekabr kunlari Nukus shahrida o‘tkazilgan belbog‘li kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar va qizlar (U-18) o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslarida Amaliy fanlar fakulteti talabalari Ozodbek Salimov hamda Izzatulla Jumanov g‘oliblikni qo‘lga kiritib diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi. Shuningdek, talabalarimiz 2025-yil may oyida Qoraqalpog‘istonda o‘tkaziladigan belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Ma’lumot uchun, bu yilgi kubok bahslarida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 300 nafarga yaqin yoshlar 18 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib borga musobaqada o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning klassik va erkin yo‘nalishlarida 10 ta vazn toifasida kuch sinashdi.

Boshqa yangiliklar