WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 AprelAprelAprel 2025 70 ko'rishlar

QDPI talabalari siyosiy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi

Qo‘qon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "BMT+20" loyihasiga start berilganligini e‘lon qilgan edik. Kuni kecha ushbu loyihaning ilk soni ARM binosida bo‘lib o‘tdi.

Loyihaning asosiy maqsadi talaba-yoshlarning siyosiy bilimini mustahkamlash hamda dunyoda ro‘y berayotgan so‘nggi yangiliklardan xabardor qilish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.

Loyiha davomida ishtirokchilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan davlatlarning dunyo hamjamiyatidagi siyosiy roli va nufuzi haqida ma‘lumot berib o‘tildi, hakamlar hay‘ati tomonidan ishtirokchilarga qo‘shimcha savollar berish orqali ularning ushbu davlat haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 

Tanlov yakunida g‘olib va ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar