08 FevralFevralFevral 2025
51 ko'rishlar
QDPI talabalari "Siyosatdagi yoshlar"– intellektual musobaqasi gʻolibi boʻldi.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Fargʻona viloyati Kengashi tashabbusi bilan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati Kengashi va qator tashkilotlar hamkorligida "Siyosatdagi yoshlar" intellektual musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Musobaqada oliy taʼlim muassasalari yoshlari faol ishtirok etib, siyosiy bilimlarini sinovdan oʻtkazdi, dolzarb masalalar boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi hamda yangi gʻoyalar bilan baham koʻrishdi.
Tanlov natijalariga koʻra:
1-oʻrin: QDPI
2-oʻrin: FarDU
3-oʻrin: FarPI
Tadbir doirasida "Kelajak uchun yoshlar shartnomasi – siyosatdan harakatga" nomli konsepsiya ishlab chiqish boʻyicha muhim taklif va loyihalar umumlashtirildi.