20 OktabrOktabrOktabr 2025
14 ko'rishlar
Talabalar shahrimizdagi muzeylarga sayohat uyushtirdilar
Qo‘qon davlat universiteti talabalari yakunlanayotgan haftada shahrimizdagi Buyuk allomalar muzeyi, Art-rezidensiya hamda Adabiyot muzeyiga tashrif buyurib, milliy madaniyat va ma’naviy merosimizning bebaho namunalarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar.
Tashrif davomida talabalar o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, buyuk allomalarimizning ilm-fan, adabiyot va san’at sohalariga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, muzey ekspozitsiyalarida namoyish etilgan qo‘lyozmalar, badiiy asarlar va san’at namunalarida o‘z ifodasini topgan ijodiy ruh yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, Art-rezidensiyadagi zamonaviy ijodiy muhit, yosh rassomlar va san’atkorlarning ishlari bilan tanishish talabalar uchun ilhom manbai bo‘ldi.