20 AprelAprelAprel 2026
7 ko'rishlar
Tafakkur maydonida bilimlar jangi!
Bugun Energetika va mashinasozlik fakultetida A. Temur oyligi doirasida buyuk meros — “Temur Tuzuklari” asariga bag‘ishlangan “Tafakkur” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
🔺 Bellashuvda “Temuriylar”, “Sohibquron”, “Temur izdoshlari” va “Adolat qilichi” jamoalari o‘z bilim va zakovatini sinovdan o‘tkazib, haqiqiy intellektual muhitni yaratishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇-o‘rin — “Temur izdoshlari”
🥈-o‘rin — “Temuriylar”
🤝 “Sohibquron” va “Adolat qilichi” jamoalari o‘rtasida esa do‘stlik g‘alaba qozondi!
Qizg‘in bahslar, chuqur bilim va yuksak tafakkur uyg‘unlashgan ushbu bellashuv yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.