Iqtidorli yoshlar va innovatsion g‘oyalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Payshanba – Yoshlar kuni doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining startap loyihalari ustida faol ish olib borayotgan talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari hamda amaliy ishlanmalari haqida ma’lumot berdilar. Shahar hokimi yoshlarning tashabbuslari va ilmiy-ijodiy izlanishlarini yuqori baholab, bunday loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘onni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, shahar infratuzilmasiga innovatsion yechimlarni keng joriy etish hamda uni kelajakda “Aqlli shahar” tamoyillari asosida rivojlantirish borasidagi maqsad va rejalar bilan o‘rtoqlashdi.
Payshanba – Yoshlar kuni doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining startap loyihalari ustida faol ish olib borayotgan talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari hamda amaliy ishlanmalari haqida ma’lumot berdilar. Shahar hokimi yoshlarning tashabbuslari va ilmiy-ijodiy izlanishlarini yuqori baholab, bunday loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘onni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, shahar infratuzilmasiga innovatsion yechimlarni keng joriy etish hamda uni kelajakda “Aqlli shahar” tamoyillari asosida rivojlantirish borasidagi maqsad va rejalar bilan o‘rtoqlashdi.