WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 IyunIyunIyun 2026 20 ko'rishlar

TASHABBUS, SHIJOAT VA YANGI G‘OYALAR BIR MAYDONDA!

Yoshlarning orzu-intilishlari, tashabbuslari va kreativ g‘oyalarini yagona maqsad yo‘lida birlashtirayotgan "Tashabbuslar marafoni" bu gal Toshkent viloyatiga yetib keldi.

Chirchiq shahridagi "Kimyogarlar" bog‘ida o‘tkazilgan mazkur yirik yoshlar festivalida Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi ham faol ishtirok etib, o‘zining bilimli, tashabbuskor va fidoyi yoshlari bilan marafonning eng faol ishtirokchilari safidan joy oldi.

Marafon davomida:
♻️ innovatsion g‘oyalar va loyihalar namoyish etildi;
♻️ yoshlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi;
♻️ do‘stona muhit va yuqori kayfiyat hukm surdi;
♻️ tashabbuskor yoshlarning salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi.

⚙️ ODTI tashabbuskor, lider va Vatan ravnaqi uchun mas'uliyatni his qiladigan yoshlarni tarbiyalaydigan maskan ekanini yana bir bor namoyish etdi.

🖐 Kelajakni yaratadigan kuch — tashabbuskor yoshlarda! Biz esa ana shunday yoshlar bilan faxrlanamiz!

Boshqa yangiliklar