WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
28 IyulIyulIyul 2025 215 ko'rishlar

TDYU tomonidan yangi qo'shma ta'lim dasturlariga qabul e'lon qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti bugungi kunda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda talabalar uchun yuqori darajadagi, xalqaro e’tirofga ega bo‘lgan qo‘shma ta’lim dasturlarini taqdim etmoqda. Ushbu dasturlar nafaqat ilmiy bilimlar, balki xalqaro tajriba va amaliy ko‘nikmalarni ham egallash imkonini beradi. Ro'yxatdan o'tish uchun: https://dd.tsul.uz/uz

1. TSUL - University of London (Buyuk Britaniya)

Dastur: LLB (Bakalavr)
Tavsif:
TSUL hamda University of London o‘rtasidagi bu qo‘shma dastur Markaziy Osiyoda birinchi marta tashkil etilgan. Talabalar bir vaqtning o‘zida TSUL diplomiga va London universitetining xalqaro darajadagi LLB diplomiga ega bo‘ladilar. Dastur GEMS Middle East bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Imtiyoz: Nisbatan arzon narxda britaniya diplomi (4500 USD/yil).

2. TSUL - Nagoya University of Economics (Yaponiya)

Dastur: LLB (Bakalavr)
Tavsif:
Ushbu 2+2 modeli asosidagi qo‘shma dastur talabalarni dastlabki 2 yil TSULda, so‘nggi 2 yil Nagoya Iqtisodiyot universitetida tahsil olish orqali O‘zbekiston va Yaponiya diplomlariga ega bo‘lishlariga imkon yaratadi.
Imtiyoz: Nagoya iqtisodiyot universitetida o'qish davrida talabalarga oyiga 100,000 yapon yenasigacha stipendiya ajratiladi. (Kontrakt miqdori 4000$(TDYU) / 4700$(NUE)).

 

3. TSUL - University of Gdańsk (Polsha)

Dastur: Magistratura (Double Degree)
Yo‘nalishlar:

  • Moliyaviy-huquqiy monitoring

  • Ekologik va tabiiy resurslar huquqi
    Tavsif:
    1 yil TSULda, 1 yil Polshaning Gdansk universitetida tahsil olib, Yevropa bo‘yicha tan olingan ikki diplom olish imkonini beradi. Dastur Yevropa Ittifoqining ekologik va moliyaviy huquqiy standartlariga mos holda ishlab chiqilgan.
    Imtiyoz: Ta’lim bilan birga Yevropani kashf qilish imkoniyati, karyera uchun muhim tarmoq aloqalari. (Kontrakt miqdori: 3500 EUR)

4. TSUL - National Forensic Sciences University (Hindiston)

Dastur: LLM (1 yillik magistratura)
Yo‘nalish: Kiberjinoyatlar huquqi va raqamli kriminalistika
Tavsif:
6 oy Hindistonda, 6 oy Toshkentda tahsil olib, talabalar kiberjinoyatchilik, sud ekspertizasi va raqamli huquq bo‘yicha ikki diplomga ega bo‘ladilar. Dastur amaliyotga yo‘naltirilgan laboratoriya mashg‘ulotlari, sud ekspertizasi va xalqaro sud tizimlari bilan boyitilgan.
(Kontrakt narxi: 1500 USD/semester. Yashash joylari ta’minlanadi.)

Boshqa yangiliklar