TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari Riga oliy huquq maktabida stajirovka o‘tadi
Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi mudiri o‘rinbosari Dilshod Nurumov, Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Doston Murodullayev, Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Siyovush Shukrullayev va Ilmiy boshqarma Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi bosh mutaxassisi Avaz Yuldoshbekov Latviyaning Riga oliy huquq maktabiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Riga oliy huquq maktabining rektori Dr. Adam Charnota, direktor Yeva Rasenaya, magistratura bosqichi dekani Dr. Walid Gumma, bakalavriat bosqichi dekani Dr. Aleksandr Potaichuks, Axborot resurs markazi rahbari Ligita Gjotlere, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Kriss Elerts, O‘quv ishlar boshqarmasi rahbari Katrina Daugule bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, TDYU vakillari mazkur oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.