WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 IyunIyunIyun 2026 24 ko'rishlar

Termiz davlat universiteti jahonning eng kuchli 1000 talik oliygohlari safida!

Nufuzli xalqaro baholash tashkiloti — “Round University Ranking" (RUR) o‘zining 2026-yilgi global reyting natijalarini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu reytingda Termiz davlat universiteti (TerDU) dunyoning eng yetakchi oliy ta’lim muassasalari orasida 980-o‘rinni band etdi.

Termiz davlat universiteti jahonning eng kuchli 1000 talik oliygohlari safida!

Nufuzli xalqaro baholash tashkiloti — Round University Ranking (RUR) o‘zining 2026-yilgi global reyting natijalarini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu reytingda Termiz davlat universiteti (TerDU) dunyoning eng yetakchi oliy ta’lim muassasalari orasida 980-o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga, TerDU mamlakatimiz miqyosida ham yuqori natija ko‘rsatib, O‘zbekistonning eng yaxshi 5 ta oliy ta’lim muassasasi qatoridan joy oldi hamda respublika bo‘yicha 5-o‘rinni band etdi. Bu natija universitetning yurtimizdagi eng nufuzli oliygohlardan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Round University Ranking (RUR) xalqaro reyting tizimi 2010-yildan buyon dunyoning yetakchi universitetlari faoliyati va ta’lim sifatini mustaqil hamda xolis mezonlar asosida baholab kelmoqda.

Termiz davlat universitetining xalqaro reytinglardagi ushbu muvaffaqiyati universitet jamoasining fidokorona mehnati, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, xodimlar va talabalarning izchil sa’y-harakatlari samarasi hamda ularning mehnatiga berilgan yuksak e’tirofdir.

Boshqa yangiliklar