01 MayMayMay 2024
74 ko'rishlar
TDIU sport majmuasida talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlari o‘tkazilmoqda
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o’qituvchilari tamonidan universitet sport majmuasida talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlari o‘tkazilmoqda.
Universitet talabalari ushbu jismoniy sinovlar jarayonida qisqa va uzoq masofaga yugurish, yerga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish, gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish va chalqancha yotgan xolatdan gavdani 90°ga ko‘tarib tushirish kabi sport mashg‘ulotlarini bajarmoqda.
Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat bo‘lib, talabalarning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va tezlik imkoniyatlari qay darajada ekanligi aniqlanmoqda.