WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 MayMayMay 2026 41 ko'rishlar

Osiyo xotin-qizlari II forumi

Buxoro viloyatida 14–15-may kunlari boʻlib oʻtgan Osiyo xotin-qizlarining II forumi doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, UNFPA ijrochi direktori Diyene Keyta hamda xalqaro tashkilotlar vakillari yosh tadqiqotchi va olima xotin-qizlar tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar, startap tashabbuslar va zamonaviy texnologiyalar asosidagi mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Forumda Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi IT va sunʼiy intellekt asosidagi startap loyihalari bilan jamoatchilik eʼtiborini qozondi. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi ishlanmalar forum ishtirokchilari hamda xalqaro ekspertlarda katta qiziqish uygʻotib, xotin-qizlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yuqori salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Boshqa yangiliklar