WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
06 MayMayMay 2025 29 ko'rishlar

AMIR TEMUR TAVALLUDINING 689 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA!

AMIR TEMUR TAVALLUDINING 689 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA!

Bugun, 8-aprel kuni Urganch RANCH texnologiya universitetining Pedagogika va filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari Z.S.Rajabova, I.R.Raximovalar rahbarligida Markaziy Osiyo tarixining buyuk siymosi, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689-yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha prorektori O.А.Xudayberganov ochib berdi. Mazkur tadbir davomida Amir Temur va temuriylar davri bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy jarayonlar talabalar tomonidan yoritib berildi hamda sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Vatanparvarlik g‘oyalari ila to‘yintirilgan mazkur tadbir talabalarda boy maʼnaviy merosimizga nisbatan faxr-iftixor tuyg‘usini shakllantirdi. ✅ RANCH universitetida imkoniyatlaringizni kashf eting!

Boshqa yangiliklar