Buxoro viloyati delegatsiyasi Innopolis universitetida bo’ldi.
Delegatsiya a’zolari Tatariston Respublikasidagi Innopolis shahri hamda Innopolis universitetida IT yo’nalishda tahsil olish imkoniyatlari bilan tanishib, universitet bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlarini joriy qilish, oliy va professional ta’lim integratsiyasini ta’minlash hamda sun’iy intelekt va kiberxavfsizlik sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha kelishuvlarga erishildi.
Muzokaralar davomida soha mutaxassislari o’z tajribalarini buxorolik mutaxassislar bilan almashish, kelgusida yangi qo’shma ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Tatariston Respublikasi ta’lim va fan vazirligi departament boshlig'i hamda Innopolis universiteti direktori bilan o'tkazilgan uchrashuv davomida Buxoro shahrida tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparkida robototexnika va sun’iy intelektni rivojlantirish bo'yicha kelishib olindi.