WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 IyulIyulIyul 2026 20 ko'rishlar

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Buxoro davlat texnika universitetida bo‘ldi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Qoʻchqorovich Quronboyev Buxoro davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet rektori Sadoqat Siddiqova mehmonni universitetda amalga oshirilayotgan zamonaviy loyihalar va innovatsion tashabbuslar bilan tanishtirdi.

Xususan, mehmon “Xotin-qizlar, yoshlar uchun IT va muhandislik inklyuziv ta'lim markazi” faoliyati, ijara xonadonlarda yashovchi talabalar uchun yaratilgan raqamli platforma, “Imkon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, universitet elektron kutubxona tizimidan mahallalar foydalanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, universitetning 2-binosida tashkil etilgan Yashil energetika poligonida o‘rnatilgan 8 ta innovatsion qurilma bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida mahalla tizimi bilan oliy ta'lim muassasalari hamkorligini yanada rivojlantirish, zamonaviy raqamli yechimlarni amaliyotga keng joriy etish, yoshlar va xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda hududlarni innovatsion rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar