Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi BETT UK-2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi 2026-yil yanvar oyida BETT UK 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Tadbir London shahrida bo‘lib o‘tgan bo‘lib, ta'lim texnologiyalari va raqamli innovatsiyalar sohasidagi dunyoning eng yirik anjumanlaridan biri hisoblanadi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi 2026-yil yanvar oyida Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan BETT UK 2026 xalqaro ko‘rgazmasida munosib ishtirok etdi. Mazkur nufuzli tadbir ta’lim texnologiyalari, raqamli innovatsiyalar va zamonaviy ta’lim yechimlariga bag‘ishlangan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan minglab mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalari, texnologik kompaniyalar hamda soha ekspertlarini bir maydonga jamlagan eng yirik xalqaro anjumanlardan biri hisoblanadi