Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi xitoyda o‘tkazilgan uchunchi O'zbekiston-xitoy hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etdi
Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan III O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik forumida faol ishtirok etdi. Mazkur nufuzli xalqaro forum ikki mamlakat o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Sian (Xi’an) shahrida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirkorlik, ta’lim, fan va texnologiyalar yo‘nalishlaridagi xalqaro forumda faol ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro forum ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va innovatsion salohiyatni rivojlantirish, ta’lim tizimida ilg‘or tajribalarni almashish hamda yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.