“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tantanali ravishda start oldi!
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tantanali ravishda start oldi!
Bugun innovatsiya, ilm-fan va texnologiyalar markaziga aylangan ushbu nufuzli festival doirasida 30 ga yaqin musobaqa va tanlovlar tashkil etilib, 14 ming nafardan ortiq ishtirokchilar bir maydonda jam bo‘ldi.
Mazkur yirik muhandislik tadbirida Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev boshchiligidagi mas'ullar ham iqtidorli talabalarimiz ham ishtirok etishmoqda.
Ma’lumot uchun, festival doirasida NamDTU talabalari Robo War, qishloq xo‘jaligi innovatsion texnikalari, yangi avlod avtomobili, First Robot Uzbekistan hamda robot-sapyor yo‘nalishlarida ishtirok etib, ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlari bo‘yicha o‘z loyihalarini taqdim etadilar.