20 MartMartMart 2025
81 ko'rishlar
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Navro‘zing muborak, O‘zbekistonim!” bayram tadbiri o‘tkazildi .
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Navro‘zing muborak, O‘zbekistonim!” nomli bayram tadbiri katta ko‘tarinkilik bilan nishonlandi. Bahorning yangilanish ruhi va Navro‘zning ezgulik timsoli bo‘lmish qadriyatlari tadbir ishtirokchilariga unutilmas zavq bag‘ishladi.
Tadbir davomida talaba-qizlar bahor va Navro‘z madh etilgan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodining bebaho durdonalaridan bo‘lmish maqollar asosida tashkil etilgan bellashuv barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir milliy qadriyatlar, an’analar va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish bilan birga, ishtirokchilarga bahoriy kayfiyat ulashdi.