Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida yangi ko‘p tarmoqli Smart AI-klinikasi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida yangi ko‘p tarmoqli Smart AI-klinikasi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangi ko‘p tarmoqli klinikasining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida yangi klinikaning funksional imkoniyatlari, bemorlar hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar keng yoritildi. Ta’kidlanganidek, mazkur Smart AI-shifoxonada bemorlarning dastlabki murojaatidan boshlab to to‘liq davolanishigacha bo‘lgan barcha bosqichlar to‘liq raqamlashtirilgan. AI-shifokor tizimi laborator tahlillar, radiologik tasvirlar, klinik belgilar hamda boshqa tibbiy ma’lumotlarni kompleks ravishda tahlil qilishga yo‘naltiradi. Natijada shifokor tashxisining aniqligi oshiradi, differensial tashxis doirasi kengaytiradi hamda optimal davolash strategiyasini tanlash imkoniyati kuchaytiradi.

