29 OktabrOktabrOktabr 2025
76 ko'rishlar
“Drug Dealer — Ko‘zni ochish vaqti keldi” filmi namoyish etildi
Bugun Qo‘qon davlat universitetida “Drug Dealer — Ko‘zni ochish vaqti keldi” nomli badiiy film namoyish etildi.
Mazkur film hayotiy saboqlar, insoniylik, tanlov va kurash mavzulariga bag‘ishlanib, talaba-yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda psixotrop vositalarning salbiy oqibatlariga e’tibor qaratish maqsadini ko‘zlaydi.
Tadbirda oliygoh talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Filmda real hayotdan olingan voqealar asosida dori vositalarining noqonuniy tarqalishi, ularning shaxs, oila va jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri badiiy tarzda yoritib berilgan.