Xalqaro Talabalar Jarrohlik Olimpiadasining Final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
2025-yilda akademik M.I. Perelman nomidagi XXXIII Moskva Xalqaro Talabalar Jarrohlik Olimpiadasining Final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiyaning sakkizta federal okrugidan hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar, shuningdek, yaqin xorijiy davlatlardan keladigan jamoalar ishtirok etishadi.
Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining "Ibn Sino vorislari" nomli iqtidorli talabalar jarrohlik jamoasi ham bu olimpiadada ishtirok etishmoqda.
Kelajakda albatta yetuk jarrohlarga aylanishlari kutilayotgan talabalar turli xil jarrohlik ko‘nikmalarida – qon tomirlari va ichaklarga chok qo‘yishdan tortib, yuqori texnologiyali jarrohlik uskunalaridan foydalanib murakkab manipulyatsiyalar bajarishgacha – o‘zaro bellashmoqdalar.


Kelajakdagi jarrohlarning ishini Moskvadagi va Rossiyaning ilg‘or jarrohlik markazlari mutaxassislari baholaydilar. Ular orasida I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva Davlat Tibbiyot Universiteti, B.V. Petrovskiy nomidagi Rossiya Ilmiy Jarrohlik Markazi, Moskva Davlat Tibbiyot va Stomatologiya Universiteti (MGMSU) va boshqa muassasalarning mutaxassislari bor.

