WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 IyunIyunIyun 2026 13 ko'rishlar

O‘zbekiston va Ispaniya rektorlari forumi Barselonada davom etmoqda

Madridda boshlangan O‘zbekiston–Ispaniya rektorlar forumi Barselonada o‘z ishini davom ettirmoqda. UrDU rektori unda yangi akademik loyihalar va ilmiy dasturlar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

  • Bugun, 12-iyun kuni Ispaniyaning Barselona shahrida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining forumi davom etmoqda. Tadbirning birinchi qismi Madrid shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. Forumda O‘zbekistondan 30 nafarga yaqin rektorlar, xususan Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ham ishtirok etmoqda.
    Muzokaralar davomida Ispaniya universitetlari bilan yangi qo‘shma loyihalar, akademik va ilmiy dasturlarni yo‘lga qo‘yish, qisqa muddatli stajirovkalar, o‘zaro ma’ruza va mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan. Mazkur muloqotlar ikki davlat oliy ta’lim tizimi o‘rtasidagi integratsiyani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.


Boshqa yangiliklar