Guliston davlat pedagogika institutida “Akademik va yosh tadqiqotchilar uchrashuvi” o‘tkazildi
Bo‘lajak o‘qituvchilarni dars o‘tishda pedagog mahorati va ta’limni tarbiya bilan oilb borishga qaratilgan ilmiy loyihalarga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Guliston davlat pedagogika institutida “Akademik va yosh tadqiqotchilar uchrashuvi” o‘tkazildi
Bugun Guliston davlat pedagogika institutiga “Akademik va yosh tadqiqotchilar uchrashuvi” doirasida Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Ibragimov Xolboy Ibragimovich va bir guruh ilmiy tadqiqotchilar tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida institutning professor-o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik hayot yo‘li, pedagog maqomining ma’suliyati haqida ma’lumot berildi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni dars o‘tishda pedagog mahorati va ta’limni tarbiya bilan oilb borishga qaratilgan ilmiy loyihalarga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti va Guliston davlat pedagogika instituti o‘rtasida kelgusida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.