WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 FevralFevralFevral 2025 71 ko'rishlar

Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.

Bugun dunyoda integratsiyalashuv, globallashuv jarayonlari kechayotgan, insonlar yuksak texnologik taraqqiyotga intilayotgan, uning ijobiy natijalaridan foydalanayotganimiz barobarida kosmopolitizm kabi vatansizlikni targ‘ib qiluvchi g‘oyalarning tarqalishi kabi bir muncha xavotirli jarayonlar ham mavjud. Ayni shu vaqtda biz yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashimiz oldimizda turgan nihoyatda muhim vazifalardandir.

Shuni to‘g‘ri anglagan holda Qo‘qon davlat pedagogika institutda ham yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. 

Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun fakultetda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi, tyutorlar va talabalar ishtirokida “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” nomli davra suhbati o‘tkazildi. Bunday tadbirlar har bir insonning qalbida o‘zgacha g‘urur, shavq uyg‘otib, vatanga bo‘lgan pok muhabbat tuyg‘ularini vujudga keltirishini ta’kidlandi.

Boshqa yangiliklar