WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 IyunIyunIyun 2026 21 ko'rishlar

III Xalqaro yozgi maktab-2026

«Samarqand: madaniyatlar, ma’rifat va ta’lim uyg‘unligi» III Xalqaro yozgi maktabi tashkil etildi.

Samarqand davlat pedagogika institutida tashkil etilgan «Samarqand: madaniyatlar, ma’rifat va ta’lim uyg‘unligi» III Xalqaro yozgi maktabining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 

Xalqaro yozgi maktabda Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining nufuzli ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda tarbiyachilar faol ishtirok etdilar. Jumladan, Belarus davlat universiteti, Abilqas Sag‘inov nomidagi Qarag‘anda texnika universiteti, Nazarbayev Universiteti, Moskva shahridagi Arxitektura va shaharsozlik kolleji, «БАРС-ТМБ» innovatsion-texnologik markazi hamda «Подсолнух» maktabgacha ta’lim muassasasi vakillari yozgi maktab dasturida munosib qatnashdilar.



✅ Yopilish marosimida ishtirokchilarga xalqaro ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va yozgi maktab dasturidagi faol ishtiroki uchun sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Boshqa yangiliklar