15 NoyabrNoyabrNoyabr 2024
31 ko'rishlar
“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda jami 33 nafar kitobxon talaba 3 ta “Bilimdon kitobxon”, “Annotatsiya mahorati” hamda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” shart bo‘yicha bellashdi.
Yakunda O‘zbek va rus filologiyasi fakulteti talabasi Dilhayot Sotiboldiyev 1-o‘rinni, Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultet talabasi Shohida Umarova 2-o‘rinni, Xorijiy tillar fakulteti talabasi Maftuna To‘xtasinova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tanlov Nizomiga ko‘ra g‘olib hududiy saralash bosqichida ishtirok etadi.