WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 IyunIyunIyun 2026 28 ko'rishlar

Xitoyda TDIUning xalqaro ta‘lim salohiyati namoyish etilmoqda

Universitet vakillari “Uchinchi Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumi” doirasida Xitoy Xalq Respublikasida.

Avval xabar berilganidek, universitet vakillari “Uchinchi Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumi” doirasida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Mazkur nufuzli xalqaro forum doirasida tashkil etilgan “Study in Uzbekistan” ta’lim ko‘rgazmasida universitetning alohida ko‘rgazma burchagi tashkil etildi.

Ko‘rgazma davomida Xitoylik yoshlar va abituriyentlarga universitetning ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro dasturlari, akademik almashinuv imkoniyatlari hamda zamonaviy ta’lim muhiti haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Ayniqsa, universitetning xalqaro hamkorlik aloqalari va xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar Xitoylik yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Natijada, kelgusi o‘quv yili uchun Xitoylik talabalarni universitetga jalb etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Mazkur ko‘rgazma nafaqat xorijiy talabalarni jalb qilish, balki ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun ham muhim platforma vazifasini bajarmoqda.

Boshqa yangiliklar