17 SentabrSentabrSentabr 2024
110 ko'rishlar
“XXI asr psixologiyasi: zamonaviy innovatsion tadqiqotlar” jurnali taʼsis etildi.
Qoʻqon davlat pedagogika instituti “XXI asr psixologiyasi: zamonaviy innovatsion tadqiqotlar” deb nomlangan yangi ilmiy-metodik jurnal faoliyatini yoʻlga qoʻydi.
Jurnal yangi formatda, har oyda 1 marta oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
Ayni paytda jurnalning 2024-yil 1-soni uchun maqolalar qabul qilinmoqda.
Jurnalda zamonaviy psixologiya boʻyicha akademik olimlaru yosh izlanuvchilarning olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, takliflari va tahlillari oʻrin oladi.
Maqolalarni telegramdagi +998901338194 raqamiga yuborish mumkin.