WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
27 MayMayMay 2024 52 ko'rishlar

Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatishda xalqaro tajribalar va yondashuvlar” mavzusida navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya yalpi majlisi ochilishi institut prorektori Nurbek Jo‘rayev bugungi konferensiya ishtirokchilarini ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha asosiy g‘oyalar va yondashuvlar bilan faol ishtirok etish imkoniyatiga egaligi bilan qutladi.

Ingliz tilini xalqaro standartlar asosida o‘qitish, ta’limni yuqori bosqichga olib chiqish uchun innovatsiyalar va texnologik yechimlarni qo‘llash kabi maqsadlarni o‘zida mujassam etgan anjumanda chet tili o‘qituvchilari, xorijlik ekspertlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjuman davomida ingliz tilini o‘qitish sohasida ko‘rib chiqilishi va hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim masalalar hamda bu borada xorijlik olimlarning tadqiqot va takliflari keng muhokama qilindi. Ingliz tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida kasbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ingliz tili ta’limida yangi va zamonaviy metodlar ishlab chiqish bo‘yicha dolzarb masalalariga bag‘ishlangan fikr-mulohazalar, takliflar muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar