Qoʻqon davlat pedagogika institutining keng qamrovli imkoniyatlari taqdim etilmoqda.
Ayni kunlarda Fargʻona viloyati yoshlari uchun viloyat boʻylab “Taʼlim yarmarka” lari tashkil etilmoqda. Ushbu yarmarkani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad - oliy taʼlimning afzalliklari va imkoniyatlarini namoyish etish hamda bitiruvchi yoshlarini oʻqishga jalb etish va ragʻbatlantirish etib belgilangan
Yarmarkada viloyatimizda joylashgan 13 ta oliy taʼlim muassasasi, xususan Qoʻqon davlat pedagogika instituti ham faol ishtirok etmoqda.
Tadbir ishtirokchilari uchun Qoʻqon davlat pedagogika institutidagi mavjud mutaxassisliklar boʻyicha koʻrgazmalar uyushtirilmoqda. Unda institutning taʼlimning turli bosqichlarida sifatli taʼlim bera olish imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilmoqda.
“Taʼlim yarmarkasi” viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etadi.