WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 MayMayMay 2024 15 ko'rishlar

Mahorat darsini Sankt-Peterburg davlat universiteti Xalqaro huquq kafedrasi mudiri Innokentiy Karandashov olib bordi

“2002-yilgi Kishinev konvensiyasini fuqarolik va oilaviy huquq masalalari bo‘yicha sharhlash va qo‘llash muammolari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotni Sankt-Peterburg davlat universiteti Xalqaro huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlari nomzodi, dotsent Innokentiy Karandashov olib bordi.

Mashg‘ulotda 2002-yilgi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Kishinev konvensiyasini mazmun-mohiyati, uni fuqarolik va oilaviy huquq masalalari bo‘yicha sharhlash va qo‘llash masalalari bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.

Mahorat darsi davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Boshqa yangiliklar