27 DekabrDekabrDekabr 2025
134 ko'rishlar
Musiqa yo‘nalishi iqtidorli talabalarini taqdirladi
Qo‘qon davlat universiteti Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarini yil yakuni munosabati bilan “Iqtidor – kelajak poydevori” nomli madaniy-ma’naviy tadbirda taqdirladi. Tadbirda iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Universitetning o‘quv, ma’naviy, madaniy va ma’rifiy ishlardagi faoliyati, shuningdek, xalqaro ko‘rik-tanlovlardagi muvaffaqiyatlari e’tirof etilib, iqtidorli talabalar fakultet dekanati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida talabalarning ota-onalari ham so‘zga chiqib, farzandlarining yutuqlari va fakultet ishlariga oid fikr-mulohazalarini bildirdilar.