WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
14 MayMayMay 2024 12 ko'rishlar

"MILLIY QADRIYATLAR FESTIVALI" TASHKIL ETILDI

"MILLIY QADRIYATLAR FESTIVALI" TASHKIL ETILDI Asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyat, an'analarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash ahamiyat kasb etadi. Zero, ma'naviyatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri milliy qadriyatlarimiz hisoblanadi. Qadriyatlar o'tmish bilan hozirgi kun o'rtasidagi vorisiylikni ta'minlaydi. Shahrisabz davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ishtirokida Amir Temur maydonidagi Amfitеatrda “Milliy qadriyatlar festivali” doirasida ma'naviy-ma'rifiy tashkil etildi. Tadbirda institut rektori v.v.b. J.Shonazarov, Shahrisabz shahar hokimining o'rinbosari A.Sultonov, Institutning Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

"MILLIY QADRIYATLAR FESTIVALI" TASHKIL ETILDI

Asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyat, an'analarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash ahamiyat kasb etadi. Zero, ma'naviyatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri milliy qadriyatlarimiz hisoblanadi. Qadriyatlar o'tmish bilan hozirgi kun o'rtasidagi vorisiylikni ta'minlaydi.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ishtirokida Amir Temur maydonidagi Amfitеatrda “Milliy qadriyatlar festivali” doirasida ma'naviy-ma'rifiy tashkil etildi. Tadbirda institut rektori v.v.b. J.Shonazarov, Shahrisabz shahar hokimining o'rinbosari A.Sultonov, Institutning Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Festivalni rektor J.Shonazarov ochib, milliy qadriyatlar, ularni asrab-avaylash muhim vazifa ekanligi qayd etdi. Festival doirasida “Hunarmand qizlar” to‘garagining ko‘rgazmasi hamda “Milliy liboslar” ko‘rik- tanlovi tashkil etildi. Talabalar teatr studiyasi tomonidan Abdurauf Fitrat faoliyati, uning hurriyat, ilm-ma’rifat va o‘zlikni anglashga undovchi targ‘ibot ishlari haqida spektakl namoyish etildi. 

Shuningdek, San'atshunoslik kafedrasining “Dutorchi-qizlar” ansambli musiqiy dasturlari, azaliy qadriyat va an’analariga hamohang ekanini namoyon etuvchi milliy laparlar, kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar tadbirga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi. Festival raqslarga ulanib ketdi.

Boshqa yangiliklar