WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 DekabrDekabrDekabr 2025 14 ko'rishlar

JDPUda “Karnaval kayfiyati” — Yangi yil bayrami talabalar uchun quvnoq va rang-barang o‘tdi. Jizzax davlat pedagogika universitetida “Karnaval kayfiyati” shiori ostida talabalar uchun yangi yil karnavali tashkil etildi.

Tadbirni universitet yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev ochib berdi va yig‘ilganlarga rektorning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, yil davomida turli tanlovlar va musobaqalarda g‘oliblikka erishgan jamoalar — jumladan, “Kitobxon talaba” tanlovining g‘oliblari — faxriy yorliqlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bayram dasturi quvnoq sahna chiqishlari, rang-barang obrazlar, qo‘shiq va raqslar bilan boyitildi. Qiziqarli o‘yinlar yoshlarga chinakam yangi yil kayfiyatini ulashdi. Karnaval davomida talabalarning ijodiy chiqishlari va kutilmagan syurprizlar tadbirga alohida zavq bag‘ishladi. Samimiy muhitda o‘tgan bayram yoshlarning birdamligi va ijodiy salohiyatini yanada namoyon qildi.

Bayram dasturi quvnoq sahna chiqishlari, rang-barang obrazlar, qo‘shiq va raqslar bilan boyitildi. Qiziqarli o‘yinlar yoshlarga chinakam yangi yil kayfiyatini ulashdi.Karnaval davomida talabalarning ijodiy chiqishlari va kutilmagan syurprizlar tadbirga alohida zavq bag‘ishladi. Samimiy muhitda o‘tgan bayram yoshlarning birdamligi va ijodiy salohiyatini yanada namoyon qildi.

Boshqa yangiliklar