25 AprelAprelAprel 2024
11 ko'rishlar
Institut va ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasidagi navbatdagi hamkorlik!
Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi ixtisoslashtirilgan maktablar bilan oliygoh dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash maqsadida Sardoba tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lishdi.
Uchrashuv davomida ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladigan fanlarni institutning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga uzviyligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchi o‘quvchilari bilan suxbatlar o‘tkazildi.
Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo‘shish institutimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi.