Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Bugun Xorijiy filologiya fakultetida rektor Dilnoza Xodjayevaning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri turli mavzularda savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Sayyor qabul avvalida rektor keyingi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini isloh qilish, o‘qitishni xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, malakali mutaxassislar tayyorlash, talaba yoshlarning o‘qib, puxta bilim olishi, o‘z iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganligi hamda ta’lim tizimidagi islohotlar samaralari xususida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng, talabalar tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish, o‘qish yuzasidan bir qancha taklif va mulohazalar bildirildi. Xususan, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish, akademik almashuv doirasida xorijiy oliygohlarda tahsil olish, qo‘shimcha xorijiy tillarni o‘rganish, HEMIS axborot tizimi bilan bog‘liq savollar murojaatlarning asosiy mavzusini tashkil etdi.
Uchrashuv davomida talabalarning ana shu kabi taklif va ayrim muammolar yuzasidan fikrlari eshitilib, ularning aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Kerakli huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, rektor tomonidan talabalarga chet tilini o‘rganishning muhim ahamiyati haqida tushuncha berildi. Tinimsiz izlanish, mustaqil ravishda darslarni o‘zlashtirish qanday natija berishi misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, o‘qishning magistratura bosqichini xorijda davom ettirish imkoniyati borligi alohida ta’kidlandi.