NIU delegatsiyasi Iran Lab Expo-XII xalqaro ko‘rgazmasida munosib ishtirok etdi.
Eron Islom Respublikasi, Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan Iran Lab Expo-XII nufuzli xalqaro ko‘rgazmasida Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi munosib ishtirok etdi.
Navoiy Innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida 2025-yil 13–16-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan nufuzli “IRAN LAB EXPO-XIII” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish rejasini amalga oshirmoqda. Mazkur ko‘rgazma Eron Respublikasida ishlab chiqarilgan ilg‘or laboratoriya jihozlari, ilmiy asbob-uskunalar va zamonaviy test sinov texnologiyalarini namoyish etishga bag‘ishlangan yirik xalqaro platforma hisoblanadi.
Shuningdek, Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi (IHIT) tarkibidagi yetakchi innovatsion kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan B2B uchrashuvlari doirasida Navoiy Innovatsiyalar universiteti delegatsiyasining faol ishtiroki rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvlar ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yangi texnologik sherikliklarni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro akademik va sanoat aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.