WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 FevralFevralFevral 2025 84 ko'rishlar

“QDPI” jamoasi dastlabki ochkolarni qo‘lga kiritdi

Xabar berganimizdek (https://t.me/kspi_rector/24652?single), hozirda "QDPI" jamoasi Namangan shahrida o‘tkazilayotgan voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida faol ishtirok etmoqda.

Bugun jamoamiz navbatdagi muhim bellashuvini o‘tkazdi. "Qashqadaryo" jamoasiga qarshi bahsda "QDPI" ajoyib o‘yin ko‘rsatib, 3-0 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu g‘alaba jamoamizga chempionatdagi dastlabki ochkolarni qo‘lga kiritishga yordam berdi. 

Jamoaning yuksak ruhiy holati va mahorati raqiblarini mag‘lub etishga olib keldi. Bugungi gʻalaba “QDPI” jamoasining kelgusidagi gʻalabalari uchun motivatsiya boʻladi.

Boshqa yangiliklar