WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 MayMayMay 2025 101 ko'rishlar

Rektor Muhandislik hamda Sanʼatshunoslik va sport fakultetlari jamoasi bilan muloqot o‘tkazdi

Qoʻqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva universitetning Muhandislik hamda Sanʼatshunoslik va sport fakulteti jamoasi bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Uchrashuvda fakultetlarda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, professor-oʻqituvchilar salohiyati, talabalar bilim darajasi, ularning akademik va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar keng muhokama qilindi.

Rektor oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan yangilanishlar, xususan, taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy metodikalarga asoslangan o‘qitish usullarini joriy etish, yoshlar uchun zamonaviy va qulay muhit yaratish borasidagi ustuvor vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ilgari surilgan takliflar, fikr-mulohazalar va mavjud muammolar diqqat bilan eshitildi. Rektor har bir masalaga alohida e’tibor qaratib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgiladi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Boshqa yangiliklar