WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 MayMayMay 2025 83 ko'rishlar

Rektor talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Qoʻqon davlat universitetida talabalar bilan ochiq osmon ostida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning muammolarini oʻrganish, yashash va taʼlim olish sharoitlarini yanada yaxshilash, shuningdek, universitet rahbariyati bilan ochiq muloqot oʻrnatish maqsadida oʻtkazildi. Uchrashuvda universitet rektori Dilnoza Xodjayeva, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, tyutorlar, pedagog-xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir erkin va samimiy ruhda oʻtdi, talabalar ijobiy kayfiyatda oʻz fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Rektor Dilnoza Xodjayeva oʻz nutqida talabalarning ilm-fan sohasidagi erishayotgan yutuqlari, ijtimoiy hayotdagi faolligi, tashabbuskorligi va mamlakat taraqqiyotidagi oʻrnini alohida eʼtirof etdi.

Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, qolgan masalalar boʻyicha esa tegishli rahbar-xodimlarga topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida rektor D. Xodjayeva talabalarga murojaat qilib, ularni oʻz bilim va tashabbuslari bilan Vatan ravnaqi yoʻlida faol boʻlishga chorladi.

Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar va rahbariyat oʻrtasida oʻzaro ishonch va samimiylik asosidagi muloqotni mustahkamlab, kelgusidagi rejalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Boshqa yangiliklar